Turkiya osmonida nazorat parvozlari amalga oshiriladi


Turkiya davlat rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘on mamlakat osmonida patrul parvozlarini o‘tkazishga ko‘rsatma berdi, deb xabar qilmoqda Anadolu agentligi. Mazkur nazorat parvozlarni F-16 qiruvchi samolyotlari orqali Turkiyaning barcha hududi bo‘ylab amalga oshiradi.
Qayd etilishicha, parvozlar havo kengliklari nazoratini ta’minlash va xavfsizlik choralariga rioya etish maqsadida tashkil etiladi.
Eslatib o‘tamiz, Turkiya qurolli kuchlari tarkibidagi bir guruh isyonchilar, 16 iyulga o‘tar kechasi davlat to‘ntarishini amalga oshirishga urinishdi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













