Nazarboyev Xavsizlik kengashini yig‘di

Nazarboyev Xavsizlik kengashini yig‘di
Nazarboyev Xavsizlik kengashini yig‘di

Bugun, 18 iyul kuni Qozog‘istonning Olma-ota shahrida bo‘lgan otishmalar natijasida uch polisiyachi va tinch aholi vakillaridan bir kishi halok bo‘ldi. Shaharda terroristik xavfning “qizil” darajasi e’lon qilindi.

Olma-ota shahridagi voqealar munosabati bilan mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyev Xavfsizlik kengashini yig‘di. Bu haqda “Tengrinews.kz”ga asoslanib “Qalampir.uz” xabar berdi.

Qozog‘iston bosh vaziri Karim Masimov Twitter’dagi sahifasida Xavfsizlik kengashida qatnashayotgani haqida yozib qoldirgan. “Xavfsizlik kengashining tezkor majlisida Olma-otadagi vaziyat yuzasidan qaror qabul qilinadi”, deb yozadi u.

Avvalroq, Olma-otadagi otishmalarni uyushtirgan ikki shaxsning qo‘lga olingani haqida xabar berib o‘tgan edik. Mazkur otishmada 14 kishi jarohatlangan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.