Antaliyada bozorlarda baqirgan sotuvchilar jarimaga tortilishi belgilandi

Antaliyada bozorlarda baqirgan sotuvchilar jarimaga tortilishi belgilandi

Foto: Global Look Press / Rainer Hackenberg

Turkiyaning Antaliya viloyatida bozordagi sotuvchilarga xaridorlarni baqirib chaqirishi, mahsulotlarini baland ovozda maqtashi taqiqlandi. Haber nashriga ko‘ra, endilikda bunday holat uchun 1295 lira (taxminan 50 dollar) jarima belgilandi.

Qaror bozorlarda shovqin-suronni kamaytirish uchun qabul qilingan.

Savdoni oshirish uchun xaridorlarni baland ovoz bilan chaqirish endi mumkin emas. Antaliya bozorlarida politsiya xodimlari ushbu yangilik borasida savdogarlarni ogohlantirmoqda.

Qonunchilikka ko‘ra, sotuvchi bir yil davomida 3 marta shunday huquqbuzarlikni sodir etsa, jarimadan tashqari 3 hafta davomida savdo qila olmaydi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.