Olimlar havoning ifloslanishi insult xavfi ortishiga sabab bo‘layotganini aniqladi

Olimlar havoning ifloslanishi insult xavfi ortishiga sabab bo‘layotganini aniqladi

Foto: “Lisa.ru”

Iordaniya universiteti mutaxassislari qisqa muddatli havo ifloslanishi insult xavfini oshirishini aniqladi. Tadqiqot natijalari Neurology jurnalida chop etildi, deb yozmoqda “Lisa.ru” nashri.

Olimlar 110 ta tadqiqotda 18 milliondan ortiq insult holatlarini tekshirdi. Mutaxassislar havoning ifloslanishi nafaqat insult xavfining ortishi, balki ushbu kasallik tufayli o‘lim xavfi bilan ham bog‘liqligini aniqladi.

Bundan tashqari, mutaxassislar ozon, azot oksidi, oltingugurt oksidi va uglerod oksidi salomatlikka qanday ta’sir qilishini o‘rgandi. Tadqiqot mualliflari besh kun davomida havoning ifloslanishiga duchor bo‘lgan insonlarda insult xavfining ortish ehtimoli ko‘proq degan xulosaga keldi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.