Putin Mirziyoyev bilan tez orada yana uchrashishini ma’lum qildi

Putin Mirziyoyev bilan tez orada yana uchrashishini ma’lum qildi

 Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev bilan tez orada yana uchrashishini ma’lum qildi.

Biz xalqaro maydonda, birinchi navbatda, BMT, SHHT va albatta, MDH kabi joylarda faol hamkorlik qilyapmiz. Tez orada biz Qirg‘izistondagi MDH sammiti doirasida yana uchrashamiz”, – dedi Putin Kremlda Mirziyoyev bilan muzokaralar chog‘ida.

MDH sammiti 13 oktyabr kuni Qirg‘iziston rahbari Sadir Japarov boshchiligida Bishkekda bo‘lib o‘tadi. Tadbirda Hamdo‘stlik davlatlari rahbarlari qatnashishi kutilmoqda.

Sammitda Hamdo‘stlikka a’zo davlatlarning savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorligini kengaytirish va mustahkamlashga qaratilgan muhim qarorlar qabul qilinadi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.