HAMAS Isroildan o‘g‘irlab ketilganlarni ozod qilish shartini aytdi

HAMAS Isroildan o‘g‘irlab ketilganlarni ozod qilish shartini aytdi

Foto: Getty Images

HAMASning qurolli qanoti agar Isroil qamoqxonalarida saqlanayotgan barcha falastinliklarni ozod qilsa, 7 oktyabrda o‘g‘irlab ketilgan asirlarni ozod qilishga tayyorligini bildirdi. Bu haqda Al-Arabia xabar berdi.

Bizning qo‘limizdagi ko‘p sonli garovga olinganlar uchun dushman to‘lashi kerak bo‘lgan tovon barcha falastinlik mahbuslarni Isroil qamoqxonalaridan bo‘shatishdir”, — dedi Ezzidin al-Qassam brigadasi matbuot kotibi Abu Obeyda.

Agar dushman bu mahbuslar faylini bir vaqtning o‘zida yopmoqchi bo‘lsa, biz bunga tayyormiz. Agar u buni bosqichma-bosqich amalga oshirishni istasa, bunga ham tayyormiz”, — dedi u.

Isroil armiyasiga ko‘ra, G‘azo sektorida 229 ga yaqin kishi HAMAS tomonidan garovga olingan. Ezzidin al-Qassam brigadasi Isroilning bombardimonlari oqibatida G‘azodagi asirga olingan deyarli 50 kishi halok bo‘lganini aytgan.

Isroil rasmiylariga ko‘ra, 7 oktyabr kuni Xamas jangarilari chegarani kesib o‘tib, “1400 dan ortiq odamni o‘ldirgan”, asosan tinch aholini garovga olgan. Endilikda Isroil quruqlikdan bostirib kirishga hozirlik ko‘rmoqda.

G‘azodagi sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 7 oktyabrdan buyon Isroilning G‘azo sektoriga bergan javob zarbalarida 7700 dan ortiq odam halok bo‘lgan, ulardan 3500 ga yaqini bolalar.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.