Kyolnda Erdo‘g‘anni qo‘llab-quvvatlovchi namoyish o‘tdi


Germaniyaning Kyoln shahrida 20 mingga yaqin kishi Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anni qo‘llab-quvvatlovchi namoyishda ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Kun” nashri.
Polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, namoyishda turk prezidenti tarafdorlari, jumladan Evropa-Turkiya demokratlari ittifoqi ishtirok etgan.
Avvalroq Germaniyada Erdo‘g‘anning murojaatini namoyish qilish taqiqlangani ma’lum qilingandi. Turkiya vakillari tomonidan Germaniyadan bu holat bo‘yicha tushuntirish berilishini kutishlari aytilgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













