Isroil G‘azo sektoridagi quruqlik amaliyotini kengaytirmoqda

Isroil G‘azo sektorining markaziy qismidagi hududlardan aholini evakuatsiya qilishga buyruq bergan, BMT ma’lumotlariga ko‘ra, bu hududlarda 150 mingdan ortiq kishi yashaydi. Foto: EPA
Isroilning izohi
Isroil mudofaa kuchlari rasmiysi Daniel Hagari seshanba kuni kechqurun Isroil armiyasi «harbiy harakatlarni Markaziy lager sifatida tanilgan hududga qadar kengaytirgani»ni ma’lum qildi.
SAHAL shuningdek seshanba kuni mahalliy aholiga sektorning sharqiy chegarasidan sohilga qadar cho‘zilgan hududdagi o‘ndan ortiq markaziy tumanlarni, jumladan Al-Burayj va Al-Nuseyrat lagerlarini ham tark etish tavsiya etilgani haqida ma’lum qildi.
O‘z navbatida SAHAL bosh shtabi boshlig‘i Gersi Halevi HAMASga qarshi harbiy harakatlar «murakkab hududlar»da olib borilayotgani va shu tufayli bu yana bir necha oyga cho‘zilishi mumkinligini qayd etgan.
«Terrorchi tashkilotni tubdan yo‘q qilish uchun astoydil va qat’iy kurashishdan boshqa sehrli yoki qisqa yo‘l yo‘q, shuning uchun biz juda va juda qat’iymiz. Biz HAMAS rahbariyatiga ham yetib boramiz», – deya qo‘shimcha qilgan u.

Foto: Getty Images













