Isroil Turkiyaga keskin shart qo‘ydi

Isroil Turkiyaga keskin shart qo‘ydi

Isroil bir muddat avval chaqirib olgan o‘z elchisini Anqaraga qaytarishdan bosh tortmoqda. Mamlakat tashqi ishlar vaziri Eli Koen X ijtimoiy tarmog‘ida Turkiya rasmiylariga ultimatum qo‘ydi.

«Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Turkiyada hokimiyat tepasida ekan, elchimiz Anqaraga qaytmaydi», dedi vazir.

Avvalroq,Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Isroil bosh vaziri Binyanmin Netanyahuni Gitlerga qiyoslagandi.

«Netanyahuning harakatlari Gitlerning harakatlaridan farq qiladimi? Yo‘q. Qaytaga, Netanyahu Gitlerdan badavlatroqdir. U G‘arbdan yordam olmoqda. Amerika har jihatdan dastaklayotir. Shu ko‘mak vositasida ular G‘azoning 20 mingdan ziyod aholisini o‘ldirdi», – dedi Erdo‘g‘on.

Turkiya rahbari bor-yo‘g‘i 360 kvadrat kilometrda yashab kelgan 2,5 million aholi qirg‘inbarot domida qolgani, diplomatik sa’y-harakatlarga qaramay, xunrezlik davom etayotganini afsus bilan qayd etgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.