Yahudiylar tunneli mojarosi: Nyu-Yorkdagi ibodatxona ostida maxfiy yo‘l qazilgani aniqlandi

Bruce Schaff / AP / Scanpix / LETA
Dushanba kuni maxsus mashina sinagoganing zarar ko‘rgan devorlarini ta’mirlash, ya’ni tunneldan binoga o‘tadigan yo‘lni yopib tashlash uchun borganida vaziyat murakkablashib, uni qaziganlar norozilik namoyishi o‘tkazadi va sinagoganing taxta devorlarini sindirib tashlashadi.
Politsiya maxfiy yo‘l va sinagoga orasiga tushib olganlardan u yerni tark etishni so‘raydi. Namoyishchilar politsiyaga bepisandlik qilishda davom etgach, politsiya ularni kuch ishlatib qo‘lga ola boshlaydi. Jami 19-22 yoshlardagi 9 kishi ushlanib, olib ketilgan. Yana uch kishiga mayda bezorilik bo‘yicha ish ochilgan.
Xabad-Lubavich ortodaksal yahudiylar harakati bo‘lib, Nyu-Yorkda unga ergashuvchi 200 mingdan ortiq xasidlar istiqomat qiladi. Bu shahardagi yahudiylarning kichik qismi xolos. Butun AQSHda esa 7,6 milliondan ortiq yahudiylar istiqomat qiladi. Bu mamlakat aholisining 2,5 foizi degani. Taqqoslash uchun, 2021 yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, Isroilning o‘zida ham bundan kamroq – 7,2 million yahudiy yashaydi.













