Olmaota aeroportida “vor v zakone” qo‘lga olindi

Olmaota aeroportida “vor v zakone” qo‘lga olindi

Foto: “Praym Kraym”

Olmaota aeroportida jinoiy doiralarda Samar nomi bilan tanilgan 53 yoshli qonundagi o‘g‘ri Samarkan Axmetov qo‘lga olindi. Bu haqda “Zakon.kz” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, u shubha uyg‘otmaslik uchun parvoz vaqtida birovning nomiga soxta hujjatlardan foydalangan. Samar 13 yanvar kuni Olmaota xalqaro aeroportida davlat chegarasini kesib o‘tishga uringan payt qo‘lga olingan. U 2013 yildan beri xalqaro qidiruvda bo‘lgan.

Samar laqabli Samarkan Axmetov 1970 yilda tug‘ilgan. Unga nisbatan 2013 yilda Atirau viloyatida jinoiy ish ochilgan, u o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etganlikda ayblangan.

Axmetov 2012 yilda toj kiygan qonundagi o‘g‘ri sifatida tanilgan. O‘shanda, mart oyining o‘rtalarida Gretsiyada o‘g‘rilar yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan, unda 5 nafar “qonundagi o‘g‘rilar” toj kiyishgan. Tashabbuskorlarning eng keksasi G‘arbiy Qozog‘iston viloyati Uralsk shahrida yashovchi 41 yoshli Samarkan Axmetov bo‘lgan.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.