Rossiyada o‘zbekistonliklar bo‘lgan mashina yana YTHga uchradi

Rossiyada o‘zbekistonliklar bo‘lgan mashina yana YTHga uchradi

Foto: Samara viloyati prokuraturasi

Rossiyaning Samara viloyati Stavropol rayonida 16 yanvar kuni o‘zbekistonliklar bo‘lgan mashina yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda Samara viloyati prokuraturasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mahalliy vaqt bilan taxminan soat 11:30 da Bolshaya Ryazan qishlog‘i yaqinida M-5 Ural avtomagistralining 745-kilometrida ikkita avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Lada Largus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.

Rossiyada o‘zbekistonliklar bo‘lgan mashina yana YTHga uchradi

Foto: Samara viloyati prokuraturasi

Hodisa joyida huquq-tartibot idoralari va qutqaruv xizmatlari ishlamoqda. Vaziyatdan xabardor manbaga ko‘ra, Largus\'da yetti kishi bo‘lgan. Ularning barchasi O‘zbekiston fuqarolari. Hodisa oqibatida uch nafari halok bo‘lgan, to‘rt nafari shifoxonaga yotqizilgan.

Rossiyada o‘zbekistonliklar bo‘lgan mashina yana YTHga uchradi

Foto: Samara viloyati prokuraturasi

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.