O‘zbekistonliklar Xorvatiyaga ishga taklif qilinmoqda. Maosh 900 yevrodan boshlanadi

O‘zbekistonliklar Xorvatiyaga ishga taklif qilinmoqda. Maosh 900 yevrodan boshlanadi

O‘zbekiston fuqarolari Xorvatiyaga ishga taklif qilinmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, ish turi — qoliplash (опалубщик), metall konstruksiyalarni mahkamlash (монтажник металлоконструкций).

Nomzodlar uchun quyidagicha talablar qo‘yilgan:

  • 18-50 yosh;
  • rus yoki ingliz tillarini bilish;
  • so‘ralayotgan bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha kamida 5 yillik ish tajribasi (tasdiqlovchi hujjat bilan);
  • sudlanmagan;
  • xorijga chiqish taqiqlanmagan;
  • jismonan va ruhan sog‘lom;
  • zararli odatlardan holi.

Ish haqi: oyiga 900 yevrodan boshlanadi. Yotoqxona va transport xarajatlari ish beruvchi hisobidan. Quyidagi xarajatlar fuqaro hisobidan:

  • viza to‘lovi;
  • aviachipta;
  • agentlik to‘lovi.

Ro‘yxatdan o‘tish

Eslatma: 200 nafar nomzod ro‘yxatdan o‘tgandan keyin to‘xtatiladi.

"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.