Bishkekdagi issiqlik stansiyasida portlash yuz berdi

Bishkekdagi issiqlik stansiyasida portlash yuz berdi
Bishkekdagi issiqlik elektr stansiyasida avariya yuz berdi, hodisa sabablariga oydinlik kiritilmoqda. Voqea joyiga shahar hokimi Aybek Junushaliyev borgan. Uning buyrug‘iga ko‘ra, issiqlik markazidagi avariya sababli shahardagi barcha maktab va bolalar bog‘chalari masofaviy rejimga o‘tadi.
Bishkekdagi issiqlik stansiyasida portlash yuz berdi
24.kg xabariga ko‘ra, stansiyada qozonlardan biri portlagan. Portlashga nima sabab bo‘lganligi noma’lum. Shahar aholisi o‘z uylarida issiq suv etishmasligiga duch keldi va isitish tizimi harorati sezilarli darajada pasaydi.

Portlash oqibatida besh nafar ishchi jarohatlangan. Sog‘liqni saqlash vazirligi ikki bemorda kuyish shoki o‘ta og‘ir, uchinchisida o‘rtacha kuyish shoki borligi haqida xabar berdi. Jabrlanganlarning yuz, bo‘yin, tana va yuqori nafas yo‘llarida I, II va III darajali kuyish jarohatlari olgan. Ikki kishi reanimatsiyada, yana biri kuyganlar bo‘limida.
Bishkekdagi issiqlik stansiyasida portlash yuz berdi
Qirg‘iziston Energetika vazirligining xabar berishicha, portlash taxminan ertalab soat 3 da sodir bo‘lgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.