Putin o‘quvchi qizning xatiga javoban unga labrador kuchukcha hadya etdi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin tobolsklik maktab o‘quvchisi Ekaterinaga «Zumrad» laqabli labrador-retriver zotidagi kuchuk bolasini hadya etdi, Bu xaqda «Gazeta.ru»ga asoslanib «Daryo» nashri xabar bermoqda.
13 yoshli qizaloqqa sovg‘ani Tobolsk ma’muriyati rahbari Vladimir Mazur topshirdi. «Men avvaliga maktubimni Qorboboga jo‘natmoqchi edim, biroq u mavjud emasligi uchun Vladimir Vladimirovichga yo‘lladim», — dedi Ekaterina.
Qiz Putinga noyabr o‘rtalarida yuborgan xatida «yaxshi» va «a’lo» baholarga o‘qishini, hayvonlarni sevishini hamda labrador boqishni juda ham istashini yozgan edi. Ekaterina orzusi amalga oshganidan quvonib, prezidentga minnatdorlik bildirdi.
Foto: vesti.ru
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













