Gretsiya S-300 havo mudofaa tizimini Ukrainaga berishdan bosh tortdi

Gretsiya S-300 havo mudofaa tizimini Ukrainaga berishdan bosh tortdi
Foto: Google Images
Gretsiya S-300 zenit-raketa komplekslarini Kiyevga topshirish niyatida emas, chunki bu mamlakat mudofaasini xavf ostiga qo‘yishi mumkin. Bu haqda 5 fevral kuni Gretsiya hukumati matbuot kotibi Pavlos Marinakis ma’lum qildi.

Yolg‘on xabarlarga chek qo‘yilishi kerak, ayniqsa, bu mamlakat mudofaasi, uning tashqi siyosati va mamlakatning xorijdagi manfaatlari, xorijdagi obro‘-e’tibori bilan bog‘liq bo‘lsa. S-300 zenit-raketa tizimini Ukrainaga berish niyati yo‘q, men buni qat’iyan rad etaman”, — dedi u brifingda jurnalistlarga.

Marinakis qo‘shimcha qilganidek, Gretsiya hukumati hech qachon o‘z mamlakati mudofaasini xavf ostiga qo‘yadigan siyosat yuritmaydi.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov 2022 yil dekabrida Rossiya Gretsiyaning S-300 zenit-raketa komplekslarini uchinchi davlatlarga topshirish mumkin emasligi haqidagi majburiyatlari bajarilishini diqqat bilan kuzatib borayotganini aytgan edi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.