Borrel: “Ukrainaga Yevropa Ittifoqining dronlari kerak emas”

Borrel: “Ukrainaga Yevropa Ittifoqining dronlari kerak emas”
Foto: Google Images
Kiyevda bo‘lib turgan Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Josep Borrelning aytishicha, Ukraina Yevropa Ittifoqidan dronlar yetkazib berishni talab qilmaydi, chunki davlatning o‘zi uchuvchisiz apparatlarni ishlab chiqaradi.

Ularga dronlar kerak emas. Men bir nechta zavodlarni borib ko‘rdim va ukrainalik muhandislarning yuqori sifatli dronlar yaratish qobiliyatidan juda hayratda qoldim”, — dedi Borrel jurnalistlarning savoliga javob berar ekan.

Avvalroq Rossiya Ukrainaga qurol yetkazib berilayotgani yuzasidan NATO davlatlariga nota yuborgan edi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Ukraina uchun qurol bo‘lgan har qanday yuk Rossiya uchun qonuniy nishonga aylanishini ta’kidladi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi NATO davlatlari Ukrainaga qurol yetkazib berish orqali “o‘t bilan o‘ynashmoqda” degan. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukrainani G‘arbdan qurol-yarog‘ bilan ta’minlash Rossiya-Ukraina muzokaralarining muvaffaqiyatiga hissa qo‘shmasligi va salbiy ta’sir ko‘rsatishini aytib o‘tgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.