Navalniyning matbuot kotibi uning o‘limi haqida bayonot berdi

Navalniyning matbuot kotibi uning o‘limi haqida bayonot berdi
Foto: Google Images
Kecha 16 fevral kuni rossiyalik siyosatchi Aleksey Navalniy Yamal-Nenetsk avtonom okrugidagi 3-sonli axloq tuzatish koloniyasida vafot etgani xabar qilingandi. Bugun uning matbuot kotibi bu borada bayonot berdi.

\"Aleksey Navalniy o‘ldirilgan. Uning o‘limi 16 fevral kuni mahalliy vaqt bilan soat 14:17 da sodir bo‘lgan. Bu haqda Alekseyning onasiga yo‘llangan rasmiy xabarnomada keltirilgan\", — deb yozgan muxolifatchining matbuot kotibi Kira Yarmish.

Shuningdek, u Navalniyning jasadi hozir Salexardda ekanligini aytdi.

\"Uni Tergov qo‘mitasi tergovchilari olib ketdi. Endi ular jasadni tekshirmoqchi. Biz Aleksey Navalniyning jasadi zudlik bilan oilasiga berilishini talab qilamiz\", — deyiladi bayonotda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.