Zelenskiy: "Tramp Ukrainaga kelsa, u bilan frontga borishga tayyorman"

Zelenskiy: "Tramp Ukrainaga kelsa, u bilan frontga borishga tayyorman"
Foto: Google Images
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy agar AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp mamlakatga tashrif buyursa, u bilan birga frontga borishga tayyorligini aytdi. Ukraina prezidenti bu haqda Myunxen xavfsizlik konferensiyasidagi jurnalistlar bilan suhbatda ma’lum qildi.

\"Men Trampni Ukrainaga taklif qildim. Lekin bu uning xohishiga bog‘liq\", — dedi Zelenskiy.

Ukraina yetakchisining qo‘shimcha qilishicha, u AQSH prezidentligiga barcha nomzodlar, har ikki Amerika partiyasi vakillari bilan muloqotga tayyor, chunki ular Rossiya—Ukraina urushida haqiqatda nimalar sodir bo‘layotganini bilishi kerak.

\"Agar janob Tramp kelsa, men u bilan birga frontga borishga tayyorman. Biz urushni qanday tugatish haqida o‘ylasak, odamlarga urushning bor dahshatini ko‘rsatishimiz kerak. Instagram\'da bu haqda yozilayotgan postlar boshqa, haqiqiy urush umuman boshqacha\", — deya qo‘shimcha qildi Ukraina prezidenti.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.