Rossiyaning BMTdagi vakili AQSHni oshkora tanqid qildi

Rossiyaning BMTdagi vakili AQSHni oshkora tanqid qildi
Foto: Anadolu
19 fevral kuni Rossiyaning BMTdagi vakili AQSHni G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi rezolyutsiyaga qarshi chiqqanlikda ayblab, ochiqchasiga tanqid qildi. Bu haqda Anadolu agentligi G‘arb manbalariga asoslanib, xabar berdi.

Jurnalistlarga bergan intervyusida Rossiya vakili Vasiliy Nebenzya “faqat bir delegatsiya” G‘azoda qariyb besh oydan beri davom etayotgan urushni to‘xtatishga qarshi chiqayotganligini urg‘ulagan.

Nebenzya ,shuningdek, Rossiya 16 oktyabr kuni sulh bo‘yicha rezolyutsiya taklif qilganini, agar sulh qabul qilinganida ko‘plab tinch aholining hayoti saqlab qolingan bo‘lishi mumkinligini aytgan.

Rossiya vakili ushbu bayonotni Jazoir tomonidan BMT Xavfsizlik Kengashiga Isroil va HAMAS o‘rtasida zudlik bilan “gumanitar sulh”ga chaqiruvchi rezolyutsiya taqdim etilganidan so‘ng ma’lum qilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.