Shavkat Mirziyoyev Qozon shahrida Vladimir Putin bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Qozon shahrida Vladimir Putin bilan uchrashdi
21 fevral kuni Rossiyaning Qozon shahriga amaliy tashrif doirasida prezident Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Suhbat avvalida O‘zbekiston rahbari Rossiya prezidentini sportning an’anaviy va virtual turlarini o‘zida mujassam etgan «Kelajak o‘yinlari» birinchi xalqaro musobaqasi o‘tkazilayotgani bilan samimiy qutladi.
Shavkat Mirziyoyev Qozon shahrida Vladimir Putin bilan uchrashdi
Ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb jihatlari, jumladan, o‘tgan yil 5-7 oktyabr kunlari Moskva shahrida oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Yetakchilar O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil mustahkamlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

2023 yilda bo‘lib o‘tgan Hukumatlararo komissiya yig‘ilishlari, hududlar, ta’lim, tibbiyot forumlari, qator boshqa ishbilarmonlik va madaniyat tadbirlarining samarali natijalari yuksak baholandi. Hududlar o‘rtasidagi kooperatsiya aloqalarini rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Shavkat Mirziyoyev Qozon shahrida Vladimir Putin bilan uchrashdi
Davlat rahbarlari transport yo‘laklarini birgalikda rivojlantirish, temir yo‘l transporti sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.

Mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashildi, bo‘lajak xalqaro tadbirlar rejasi ko‘rib chiqildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.