Hindistonda dahshatli avtohalokat yuz berdi


Hindistonda Haydarobod shahridan Kakinada shahriga qatnovni amalga oshirayotgan shaharlararo yo‘lovchi avtobusi ko‘prikdan qulab ketib, tomi bilan ag‘darilib ketgan. Bu haqda \"The Hindu\" nashriga asoslangan holda \"Kun\" xabar berdi.
Oqibatda kamida 8 kishi hayotdan ko‘z yumgan, 18 nafar yo‘lovchi jarohatlangan.
Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, avtobus belgilangan tezlikka rioya etmagani sabab, ko‘prik to‘sinini urib, kanalga tushib ketgan.
Voqeaga guvoh bo‘lgan baliqchilar polisiyasiga qo‘ng‘iroq qilishgan.
Hozirgi vaqtda, qutqaruvchilar jiddiy shikastlangan bo‘lgan avtobus ichida qolib ketganlarni olib chiqishga urinmoqda.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













