Texas prezidentlik saylovlaridan keyin AQSHdan ajralib chiqishi mumkin

Texas prezidentlik saylovlaridan keyin AQSHdan ajralib chiqishi mumkin
Foto: Google Images
Texasning Dallas Morning News (DMN) gazetasi xabar qilishicha, shtat aholisi ichida AQSHdan ajralib chiqish tarafdori bo‘lganlar ko‘p.

AQSHning ko‘plab shtatlarida navbatdagi prezidentlik saylovlari uchun delegatlar aniqlanadigan “Super seshanba” yaqinlashmoqda. Maqola mualliflarining ta’kidlashicha, ba’zi nomzodlar “Texasning mustaqillikka bo‘lgan mashhur istagini amalga oshirish tarafdori” va shtatning AQSHdan ajralib chiqishini qo‘llab-quvvatlamoqda.

Take Texas Back (“Texasni qaytarib olamiz”) va’dasini berayotgan nomzodlar soni ko‘pligi xavotirli”, — deyiladi maqolada.

Qayd etilishicha, bu majburiyat saylangan lavozimga nomzodning Texas manfaatlarini umumiy Amerika manfaatlaridan ustun qo‘yish va’dasini, shuningdek, shtatni AQSHdan ajratish to‘g‘risidagi referendum qonun loyihasini ilgari surishni o‘z ichiga oladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.