Yangi Zelandiyada 360 darajaga aylanadigan noodatiy shisha uy sotilmoqda

Yangi Zelandiyada 360 darajaga aylanadigan noodatiy shisha uy sotilmoqda
Foto: Hi-tech.mail.ru
Yangi Zelandiyada 360 gradusga aylanadigan shishali dumaloq bino sotuvga qo‘yildi. Bu haqda Hi-tech.mail.ru xabar bermoqda. Uy derazasidan xonadon egalari tabiatning turli ko‘rinishidan bahramand bo‘lishi mumkin.

“Mayoq” nomli mazkur uy Yangi Zelandiyaning Hauraki ko‘rfazida, Ouklend shahri markazidan 24 km sharqda joylashgan Maraetay sohilida qad rostlagan.

Aylanma uy loyihasi 1990 yillarda Don Dunik tomonidan ishlab chiqilgan. Uni amalga oshirish uchun ko‘p yillar kerak bo‘lgan. Dunik uyni qurishda ko‘plab qiyinchiliklarga duch keldi, jumladan aylanma uyda suv quvurlari o‘tkazish va elektr-tok montaj ishlari murakkab kechgan. Shuningdek, futuristik uy xavfsiz ekanligini mahalliy hokimiyat organlariga isbotlash kerak bo‘lgan.
Yangi Zelandiyada 360 darajaga aylanadigan noodatiy shisha uy sotilmoqda
Foto: Hi-tech.mail.ru
“Mayoq” platformada ko‘tarilib, pult yordamida aylanadi. Bir marta to‘liq aylanish 33 daqiqani oladi. Yuqori tezlikda esa 15 daqiqa ichida 360 darajaga aylanadi.
Yangi Zelandiyada 360 darajaga aylanadigan noodatiy shisha uy sotilmoqda
Foto: Hi-tech.mail.ru
Uy ikki qavatdan iborat, ichki qismining markazida zinapoyalar, pastki qavatda zanglamaydigan metalldan yasalgan oshxona, mehmonxona va keng balkon bor. Ikkinchi qavatda yotoqxonalar joylashgan.
Yangi Zelandiyada 360 darajaga aylanadigan noodatiy shisha uy sotilmoqda
Foto: Hi-tech.mail.ru
Mazkur uy ilk bor kim oshdi savdosiga qo‘yildi. Uning narxi hali ochiqlanmagan. Ba’zi manbalarga ko‘ra, uyning narxi taxminan 600 ming dollarni tashkil qiladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.