Mixail Ballak marhum o‘g‘lining do‘sti bilan uchrashib yuribdi

Mixail Ballak marhum o‘g‘lining do‘sti bilan uchrashib yuribdi
Foto: Sports
Mixail Ballak vafot etgan o‘g‘lining yoshlikdan birga o‘sgan do‘sti bilan uchrashib yuribdi. Sofiya Shnayderman sobiq futbolchidan 24 yoshga kichik.

2021 yilda “Chelsi” sobiq o‘yinchisi Ballakning o‘g‘li 18 yoshida kvadratsiklni boshqara olmay halokatga uchradi. Shifokorlar uning jonini saqlab qolisholmagan.

Fojia Mixailning Portugaliyadagi villasi yaqinida sodir bo‘lgan. O‘sha kuni Ballak o‘g‘illari bilan barbekyu tayyorlab, dam olishni reja qilgan edi.

Ma’lumki, Ballak o‘g‘lining o‘limidan juda qattiq siqilgan va hattoki psixolog qabuliga ham yozilgan.

To‘ng‘ich o‘gli vafotidan keyin ijtimoiy tarmoqlarda ancha vaqt ko‘rinmay qolgan Ballak marhum o‘g‘lining do‘sti bo‘lgan model Shnayderman bilan ko‘rinish bergan.

Oradan 3 yil o‘tib, sobiq futbolchi va Shnayderman hali ham birga. Buni Ballakning Instagram\'dagi suratlaridan bilsa bo‘ladi. Hozirda Ballak Maldiv orollarida dam olmoqda.
Mixail Ballak marhum o‘g‘lining do‘sti bilan uchrashib yuribdi
Foto: Instagram
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.