Qozog‘istonda o‘tkazilgan “Zakovat” o‘yini bo‘yicha xalqaro musobaqada O‘zbekiston jamoasi g‘olib bo‘ldi

Qozog‘istonda o‘tkazilgan “Zakovat” o‘yini bo‘yicha xalqaro musobaqada O‘zbekiston jamoasi g‘olib bo‘ldi
O‘zbekiston jamoasi 9—10 mart kunlari Ostona shahrida o‘tkazilgan 8—11-sinf o‘quvchilari uchun “Zakovat” o‘yini bo‘yicha Astana Open xalqaro festivalida g‘olib bo‘ldi.

Festivalda Qozog‘iston va O‘zbekistondan jami 27 ta maktab jamoalari ishtirok etdi. Ikki kunlik festival doirasida Musiqiy xamsa, Erudit-kvartet, Shaxsiy o‘yin va “Zakovat” bo‘yicha bellashuvlar olib borildi.
Qozog‘istonda o‘tkazilgan “Zakovat” o‘yini bo‘yicha xalqaro musobaqada O‘zbekiston jamoasi g‘olib bo‘ldi
“Zakovat” o‘yinida 1-o‘rinni Pop tumanidagi 67-IDUMning “Geksagon” jamoasi egalladi. Mazkur jamoa 2023 yili Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirida ham 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.
Qozog‘istonda o‘tkazilgan “Zakovat” o‘yini bo‘yicha xalqaro musobaqada O‘zbekiston jamoasi g‘olib bo‘ldi
Shuningdek, “Zakovat” o‘yinida 3-o‘rinni ham O‘zbekistondan borgan jamoa — Sehriyo School maktabining Vorpal Swords jamoasi egalladi.
Qozog‘istonda o‘tkazilgan “Zakovat” o‘yini bo‘yicha xalqaro musobaqada O‘zbekiston jamoasi g‘olib bo‘ldi
O‘zbekistonning yana bir jamoasi — International Talent Academy ta’lim muassasasining “Akademiya talantov” jamoasi Erudit-kvartet bahslarida 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Qozog‘istonda o‘tkazilgan “Zakovat” o‘yini bo‘yicha xalqaro musobaqada O‘zbekiston jamoasi g‘olib bo‘ldi
O‘zbekistonliklar Shaxsiy o‘yin bahslarida ham medallarni qo‘lga kiritdi. 2- va 3-o‘rinlar “Akademiya talantov” jamoasi a’zolari — Yegor Dyomin hamda Sofya Korzikka nasib etdi.
Qozog‘istonda o‘tkazilgan “Zakovat” o‘yini bo‘yicha xalqaro musobaqada O‘zbekiston jamoasi g‘olib bo‘ldi
Musobaqada sovrindor bo‘lgan har uchala jamoa ham “Zakovat intellektual klubi” NNT tomonidan o‘tkazib kelinadigan “Zakovat” bo‘yicha O‘quvchilar ligasi, “Zakovat: Shkolnaya liga” va boshqa bir qator musobaqalarda muntazam qatnashib, yuqori o‘rinlarni egallab keladi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.