Aktrisa Kara Delevinning Los-Anjelesdagi 7 mln dollarlik uyi yonib ketdi

Aktrisa Kara Delevinning Los-Anjelesdagi 7 mln dollarlik uyi yonib ketdi
Foto: Sky news
Britaniyalik aktrisa va model Kara Delevinning Los-Anjelesdagi uyi tag-tugi bilan yonib ketgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda aytib berdi. Yong‘in paytida aktrisa Londonda bo‘lgan.

Bugun mening yuragim sindi. Bunga ishonish qiyin. Hayotingizda bor narsalarning qadriga yeting”, — deb yozadi Kara.
Aktrisa Kara Delevinning Los-Anjelesdagi 7 mln dollarlik uyi yonib ketdi
Foto: NBC Los Anjeles
Umumiy maydoni 618 kv/metr bo‘lgan hashamatli uy 15 mart kuni yonib ketgan. O‘t o‘chiruvchilar juma kuni tongda uyga yetib kelgan, ammo xonadonning aksariyat qismi yaroqsiz holga kelgan edi. Bunga qisqa elektr tarmog‘ining qisqa tutashuvi hamda kuchli shamol sabab bo‘lgan.
Aktrisa Kara Delevinning Los-Anjelesdagi 7 mln dollarlik uyi yonib ketdi
Foto: CNN
Mazkur uyni aktrisa 2019 yilda xarid qilgan edi. Karaning ota-onasi aytishiga ko‘ra, Los-Anjelesdagi uy uning “borlig‘i” edi.
Aktrisa Kara Delevinning Los-Anjelesdagi 7 mln dollarlik uyi yonib ketdi
Foto: The Independent
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea sodir bo‘lgan vaqtda Kara Buyuk Britaniyada o‘tkazilayotgan “Kabare” shousida ishtirok etayotgan edi. Uyda aktrisaning mushuklari bo‘lgan. O‘t o‘chiruvchi brigada uy hayvonlarining hayotini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.