AQSH gipertovushli raketani sinovdan o‘tkazdi

AQSH gipertovushli raketani sinovdan o‘tkazdi
Arxiv foto: AP
AQSH harbiy-havo kuchlari Tinch okeanida havodan uchiriladigan gipertovushli AGM-183 ARRW qanotli raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Sinovlar davomida B-52 bombardimonchi samolyoti Tinch okeanidagi Guam orolini tark etib, gipertovushli qanotli raketani uchirgan. AQSH Harbiy-havo kuchlari sinovni muvaffaqiyatli deb atagan, biroq raketa qanday tezlikda uchganini oshkor qilmagan.

O‘tgan sinovlar davomida AGM-183 ARRW raketasi tovush tezligidan (1191 km/soat) besh barobar tezroq tezlikka erishgan. AQSH tezligi sababli aniqlash qiyin bo‘lgan gipertovushli qurollarni yaratayotgan yagona davlat emas.

\"Rossiya Ukrainadagi nishonlarga gipertovushli raketalar uchirgan, Xitoy esa gipertovushli qurollarni sinovdan o‘tkazgan\", — deydi AQSH harbiylari.
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi oktyabr oyida mamlakat bunday qurolni sinovdan o‘tkazganini rad etgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.