Bryusselda portlash yuz berdi

Bryusselda portlash yuz berdi
Bryusselda portlash yuz berdi

Belgiya poytaxti Bryusselda, 29 avgustga o‘tar kechasi Milliy kriminalistika va kriminologiya instituti oldida portlash ro‘y bergan. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatdi, deyiladi \"Kun\" nashrida.

RTL xabariga ko‘ra, avtomobil muassasa darvozasiga borib urilgan, shundan so‘ng yo‘lovchilardan biri portlovchi qurilmani harakatga keltirgan. Portlashdan keyin yong‘in chiqqan.

Qurbonlar va jabrlanuvchilar haqida hozircha aniq ma’lumotlar yo‘q.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.