Tojikistonda folbin va tabiblar qo‘lga olindi

Foto: “VKontakte”
Tojikistonning Xatlon viloyatidagi politsiya xodimlari firibgarlik uchun besh nafar folbin va tabibni qo‘lga oldi. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Tezkor-qidiruv tadbirlari davomida quyidagi fuqarolari qo‘lga olingan:
- Rahim Ibrohimov (taxallusi Domullo Abdurahim), 66 yosh;
- Nargis Gurbanova, 50 yosh;
- Idimox Nazarova, 59 yosh;
- Xoldan Qulchakova, 66 yosh;
- Nargis G‘oyibnazarova, 50 yosh.
Ularning barchasidan sehrga oid buyumlar musodara qilingan. Mazkur firibgarlar guruhi sehr-jodu yo‘li bilan davolanishni taklif qilib, ko‘plab fuqarolarning ishonchini qozongan. Bu esa xalqning mablag‘ yo‘qotishiga olib keladi va ularni zamonaviy tibbiyotga murojaat qilishdan chalg‘itadi, — deyiladi xabarda.

Mazkur shaxslarga nisbatan jodugarlik va folbinlik bilan shug‘ullanganliklari uchun Tojikiston Respublikasining ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi kodeksining 482-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma tuzilgan. Ular 3 million 306 ming so‘mdan 4 million so‘mgacha jarimaga tortilishi mumkin.
Shuningdek, ularning xatti-harakatlari qonunga muvofiq qabul qilinmasligi haqida ogohlantirilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!Tojikistonning Xatlon viloyatidagi politsiya xodimlari firibgarlik uchun besh nafar folbin va tabibni qo‘lga oldi. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.
Tezkor-qidiruv tadbirlari davomida quyidagi fuqarolari qo‘lga olingan:
- Rahim Ibrohimov (taxallusi Domullo Abdurahim), 66 yosh;
- Nargis Gurbanova, 50 yosh;
- Idimox Nazarova, 59 yosh;
- Xoldan Qulchakova, 66 yosh;
- Nargis G‘oyibnazarova, 50 yosh.
Ularning barchasidan sehrga oid buyumlar musodara qilingan. Mazkur firibgarlar guruhi sehr-jodu yo‘li bilan davolanishni taklif qilib, ko‘plab fuqarolarning ishonchini qozongan. Bu esa xalqning mablag‘ yo‘qotishiga olib keladi va ularni zamonaviy tibbiyotga murojaat qilishdan chalg‘itadi, — deyiladi xabarda.

Mazkur shaxslarga nisbatan jodugarlik va folbinlik bilan shug‘ullanganliklari uchun Tojikiston Respublikasining ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi kodeksining 482-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma tuzilgan. Ular 3 million 306 ming so‘mdan 4 million so‘mgacha jarimaga tortilishi mumkin.
Shuningdek, ularning xatti-harakatlari qonunga muvofiq qabul qilinmasligi haqida ogohlantirilgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













