Netanyahu Isroil delegatsiyasining AQSHga safarini bekor qildi

Netanyahu Isroil delegatsiyasining AQSHga safarini bekor qildi
Foto: Reuters
AQSH BMT Xavfsizlik kengashining G‘azoda Ramazon vaqtida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha rezolyutsiyasiga ovoz bermagan, ammo unga veto ham qo‘ymagandi. G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha rezolyutsiyaga odatda amerikaliklar veto qo‘yib kelishayotgandi.

Shu bois Netanyahu Isroil strategik masalalar vaziri Ron Dermer boshchiligidagi delegatsiyaning Vashingtonga safarini bekor qildi. Isroil bosh vaziri ma’muriyatiga ko‘ra, AQSHning rezolyutsiyaga veto qo‘ymagani HAMASga umid bag‘ishlab, Isroilning asirlarni qutqarish bo‘yicha harakatlariga xalaqit beradi.

Vashington Isroil delegatsiyasi safari bekor qilinganidan hayron qolganini ma’lum qilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.