AQSH shtatida 14 yoshga to‘lmaganlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi taqiqlanadi

Foto: WMNF
AQSHning Florida shtatida 14 yoshga to‘lmagan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi taqiqlandi. Bu haqda Florida gubernatori Ron DeSantis xabar berdi.
“Men 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ota-ona roziligisiz ijtimoiy tarmoqlarda akkauntga ega bo‘lishni taqiqlovchi qonun loyihasini imzoladim”, — dedi Florida gubernatori.
Ta’kidlanishicha, voyaga yetmagan bolalar ota-onasi ruxsatisiz ochgan ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarini o‘chirib tashlashi shart.
“Qonun loyihasi bolalarni himoya qilishga qaratilgan. Davlat organlari ushbu qonunni buzgan tarmoq egalarini sudga berishga va jarimalar talab qilishga tayyorlanmoqda”, — dedi DeSantis.
Yangi qonun shtatda 2025 yil yanvar oyida kuchga kirishi rejalashtirilgan. Mazkur qonunga besh farzandning onasi, kongress a’zosi Enji Nikson qarshi chiqqan. U buni “hukumatni suiiste’mol qilish” deb atagan. Nikson qoidalar yoki qonunlar emas, balki ota-onalar o‘z farzandlarining Internetdan foydalanishi bo‘yicha qaror chiqarishi kerakligini aytgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!AQSHning Florida shtatida 14 yoshga to‘lmagan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi taqiqlandi. Bu haqda Florida gubernatori Ron DeSantis xabar berdi.
“Men 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ota-ona roziligisiz ijtimoiy tarmoqlarda akkauntga ega bo‘lishni taqiqlovchi qonun loyihasini imzoladim”, — dedi Florida gubernatori.
Ta’kidlanishicha, voyaga yetmagan bolalar ota-onasi ruxsatisiz ochgan ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarini o‘chirib tashlashi shart.
“Qonun loyihasi bolalarni himoya qilishga qaratilgan. Davlat organlari ushbu qonunni buzgan tarmoq egalarini sudga berishga va jarimalar talab qilishga tayyorlanmoqda”, — dedi DeSantis.
Yangi qonun shtatda 2025 yil yanvar oyida kuchga kirishi rejalashtirilgan. Mazkur qonunga besh farzandning onasi, kongress a’zosi Enji Nikson qarshi chiqqan. U buni “hukumatni suiiste’mol qilish” deb atagan. Nikson qoidalar yoki qonunlar emas, balki ota-onalar o‘z farzandlarining Internetdan foydalanishi bo‘yicha qaror chiqarishi kerakligini aytgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













