Vladimir Putin G‘arbga g‘alati ayblov qo‘ydi

Vladimir Putin G‘arbga g‘alati ayblov qo‘ydi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin G‘arbni «Napaleon va Gitlerning mag‘lubiyati uchun qasos olishga intilish»da aybladi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

«Yomon niyatlilarning Rossiyani parchalashga urinishlari Adolf Gitler va Napoleon Bonapartning mamlakatga qarshi muvaffaqiyatsiz yurishlari uchun qasos olishga intilishdir», dedi Putin Rossiya Ichki ishlar vazirligi kollegiyasining kengaytirilgan yig‘ilishida.

«SSSR parchalanganidan keyin bizning geosiyosiy xayolparastlarimiz qolgan narsalarni ham yo‘q qilishni o‘z oldilariga maqsad qilib qo‘yishdi. O‘zakni yo‘q qiling va uni geosiyosiy manfaatlaringizga bo‘ysundiring. G‘alati, kimdir Gitler, Napoleon va boshqalarning muvaffaqiyatsiz yurishlari uchun qasos olishni xohlaydi», dedi Putin.

Putin ushbu yig‘ilishda migratsiya masalasiga ham to‘xtalgan. U rasmiylarga noqonuniy migratsiyani nazorat qilishni topshirdi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.