Jahonda qancha milliarder bor?

Jahonda qancha milliarder bor?
Foto: Due
2023 yilda, Forbes hisob-kitoblariga ko‘ra, jahonda milliarderlar soni 2781 nafarga yetgan. Ularning jami boyligi $14,2 trlnni tashkil etgan — qariyb uchta Germaniya YAIMga teng ko‘rsatkich. Milliarderlar soni ham, jami daromadi ham tarixiy rekord, deyilmoqda.

Salkam 3 ming nafar milliarderlardan biri — Binance kriptovalyutalar birjasi asoschisi Chanpen Chjaoning boyligi $33 mlrdga yetdi. U Forbes milliarderlar ro‘yxatida 50-o‘rinda.
Jahonda qancha milliarder bor?
Chanpen Chjao
Nashr tadbirkorning boyligi eng yuqori cho‘qqiga 2022 yilda ko‘tarilib, $65 mlrd bo‘lganini yozadi. Keyin $10,5 mlrdgacha tushib ketgan. Hozir u ko‘tarilishda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.