Fransiyada merning uyidan 70 kilo kannabis topildi

Fransiyada merning uyidan 70 kilo kannabis topildi
Foto: Le Soir
Fransiya jandarmeriyasi xodimlari Avallon meri Jamili Xabsauining uyidan 70 kilogramm kannabis topdi. Bu haqda BFMTV telekanali xabar berdi.

Merning uyidagi operatsiya respublika Ichki ishlar vazirligi tomonidan e’lon qilingan narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash doirasida o‘tkazilgan. Huquq-tartibot idoralari kommuna merining ukalari taqiqlangan moddalar savdosiga aloqadorligi haqida ma’lumotga ega bo‘lgan.

Xabsauining o‘zi Fransiya Sotsialistik partiyasi vakili bo‘lib, 2021 yilda Avallon ma’muriyati rahbari lavozimiga saylangan. U hududiy maslahatchi sifatida ham faoliyat yuritadi. Mer kannabis bilan bog‘liq holatdan keyin hibsga olingan, biroq keyinroq qo‘yib yuborilgan. Jinoiy ish doirasida jami yetti kishi, jumladan, ikki aka-uka Xabsauilar ham ushlangan.

Ma’lumot o‘rnida, Fransiyada giyohvand moddalar savdosiga qarshi kurash bo‘yicha “XXL operatsiyasi” o‘tkazilmoqda.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.