Stoltenberg: “Ukraina Rossiyadagi harbiy obyektlarga zarba berish huquqiga ega”

Stoltenberg: “Ukraina Rossiyadagi harbiy obyektlarga zarba berish huquqiga ega”
Foto: Google Images
NATO bosh kotibi Yens Stoltenbergning fikricha, Ukraina o‘zini himoya qilish maqsadida o‘z hududidan tashqarida joylashgan Rossiya harbiy obyektlariga hujum qilish huquqiga ega.

Mamlakatdan tashqaridagi harbiy nishonlarga zarba berish o‘zini o‘zi himoya qilish huquqining bir qismidir”, — dedi Stoltenberg.

2023 yil oktyabr oyida AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Qo‘shma Shtatlar hech qachon Kiyevni Ukrainadan tashqarida zarba berishga undamaganini aytgandi. “Biroq mohiyatiga ko‘ra, bu Ukrainaning o‘zi qabul qilishi kerak bo‘lgan qaror”, deb aniqlik kiritgandi Blinken o‘shanda.

Aprel oyi boshida Blinken Vashington Ukrainaning Rossiya hududiga zarbalarini qo‘llab-quvvatlamasligini va ularni tashkillashtirishda yordam bermasligini yana bir bor ta’kidlagandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.