Turkiya prezidenti: “Isroil G‘azodagi zulm badalini to‘laydi”

Turkiya prezidenti: “Isroil G‘azodagi zulm badalini to‘laydi”
Foto: Anadolu
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Isroil G‘azodagi amaliyotlari uchun javob berishiga to‘g‘ri kelishini ma’lum qildi. Bu haqda Anadolu nashri xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, 12 aprel kuni Turkiya rahbari Falastin yetakchisi Mahmud Abbos bilan telefon suhbati tashkil etgan. Suhbatda Turkiya Falastin bilan har jihatdan hamkor ekanini bildirgan.

Isroil zulmning badalini to‘laydi. G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish uchun barcha vositalar safarbar qilinishi kerak”, — deyiladi Turkiya rasmiy bayonotida.

Suhbatda Turkiya rahbari Isroilning Turkiyaga daxldor TRT Arabic telekanali jamoasiga hujumi haqida gapirib, uni qoralashini bildirgan. Nuseyrat lagerida efirga tayyorlanayotgan TRT Arabic jamoasining mashinasiga hujum javobsiz qoldirilishi kerak emasligini aytgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.