Afg‘onistonda qurollangan shaxslar masjidda odamlarni otib tashladi

Afg‘onistonda qurollangan shaxslar masjidda odamlarni otib tashladi
Kollaj: “Daryo”
Afg‘onistonning Hirot viloyatida 29 aprel kuni qurollangan noma’lum shaxslar masjiddagi namozxonlarga hujum qildi. Bu haqda Hasht-e Subh Daily xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, hodisa G‘uzra tumanidagi “Shahrak Muhammadiy” masjidida sodir bo‘lgan. Mototsikldagi qurollangan shaxslar Kalashnikov avtomati bilan odamlarni o‘qqa tutgan. Hodisa oqibatida olti kishi, jumladan, to‘rt erkak, bir ayol va bola halok bo‘lgan. Ma’lumotni “Tolibon” ichki ishlar vazirligi rasmiysi tasdiqlamoqda. Qurbonlar orasida “Imom Zamon” nomi bilan mashhur bo‘lgan masjid imomi Shayx Javed ham borligi aytilmoqda.

Qurollangan shaxslar voqea joyidan yashiringan. Otishmada yaralangan ayollar va bolalar borligi aytilmoqda. Hozircha hech bir guruh hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan. G‘uzra tumanida asosan hazoriylar istiqomat qiladi va hudud bir necha bor ISHID jangarilari tomonidan hujumga uchragan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.