Moskvada O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Moskvada O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Moskvada 8 may kuni O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, unda Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qildi.

O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, shu jumladan savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev 8 may kuni amaliy tashrif bilan Moskvaga kelgandi. O‘zbekiston yetakchisi kuzatuvchi davlat rahbari sifatida Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashining yubiley sammitida qatnashib, nutq so‘zladi.

9 may kuni davlat rahbari Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 79 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi. Qizil maydonda 9 may kuni bo‘lib o‘tadigan harbiy paradga Vladimir Putin to‘qqiz nafar prezidentni taklif etgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.