Putin: Rossiya O‘zbekiston 2023 yildagi kabi meva-sabzavotlar yetkazib berishini kutmoqda

Putin: Rossiya O‘zbekiston 2023 yildagi kabi meva-sabzavotlar yetkazib berishini kutmoqda
Foto: Reuters
8 may kuni Moskva shahriga amaliy tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning uchrashuvi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergandik.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, shu jumladan, savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqilgani aytilgandi.

Kp.ru yozishicha, uchrashuvda Vladimir Putin xuddi o‘tgan yildagi kabi bu yil ham Rossiya O‘zbekiston meva va sabzavotlar yetkazib berishini kutayotganini ta’kidlagan.

«O‘tgan yilda bo‘lgani kabi bu yil ham O‘zbekistondan meva va sabzavotlar kelishini kutyapmiz. Sizga ham yaxshi — mahsulotingizni o‘tkazasiz, bizga ham foydali — qimmatchilik bo‘lmaydi, narx-navoni ushlab qolamiz», — dedi Putin.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.