Xitoyda tuyalar uchun maxsus svetoforlar o‘rnatildi (foto, video)

Xitoyda tuyalar uchun maxsus svetoforlar o‘rnatildi (foto, video)
Xitoyning Qumtog‘ cho‘lida tuyalar uchun svetoforlar o‘rnatildi. Bu haqdagi videolavha Xitoy markaziy televideniyesining (CCTV) YouTube kanalida e’lon qilindi.
Xitoyda tuyalar uchun maxsus svetoforlar o‘rnatildi (foto, video)
Foto: “Pravila jizni”
So‘nggi yillarda ushbu maskanga sayyohlar oqimining ko‘payib borishi natijasida tirbandliklar yuzaga keldi. Buning oldini olish maqsadida mahalliy hokimiyat organlari tuya mingan yo‘lovchilar uchun yo‘llarga alohida svetoforlar qo‘ydi.
Xitoyda tuyalar uchun maxsus svetoforlar o‘rnatildi (foto, video)
Foto: “Pravila jizni”
Svetoforlar Mingsha tepaliklari yaqinidagi Kressent ko‘lida joylashgan. May oyining boshida bu yerga o‘ng mingdan ortiq sayyoh tuya minish uchun tashrif buyuradi. Qayd etilishicha, o‘tgan yili 2,4 mingga yaqin jonivorlar sayohatga chiqqan, cho‘lga tashrif buyurganlar soni esa 20 mingga yetgan. Mehmonlarning aksariyati tabiatni piyoda kezishdan ko‘ra tuya mingan holda sayr qilishni afzal ko‘radi.
Xitoyda tuyalar uchun maxsus svetoforlar o‘rnatildi (foto, video)
Foto: CCTV
Svetoforlar hayvonlarning piyodalarga yo‘l berishlari kerakligini anglatadi. Yashil chiroq tuyaning o‘tishi mumkinligini, qizil chiroq to‘xtash lozimligini bildiradi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.