Bosh vazir Rishi Sunak britaniyaliklardan kechirim so‘radi

Bosh vazir Rishi Sunak britaniyaliklardan kechirim so‘radi
Foto: Topor Live
Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak 1970 va 1980-yillarda britaniyaliklarga noto‘g‘ri qon quyilgani uchun kechirim so‘radi.

O‘tkazilgan surishtiruvlarga ko‘ra, ko‘rsatilgan davrda britaniyalik minglab bemorlarga noto‘g‘ri qon quyilishi oqibatida OIV (VICH) va gepatit S kasalliklari yuqtirilgan.

Aniq raqamlarda: 30 mingdan ortiq britaniyalikka kasalliklar yuqtirilgan, taxminan uch ming kishi noto‘g‘ri qon quyilishi oqibatida vafot etgan.

Sababi — gemofiliya (qon ivuvchanligi buzilishi)ni davolashda kasallangan, xususan, Amerika qamoqxonalaridagi narkotiklar qabul qilgan donorlardan olingan qon quyilishi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.