Pavel Durov Oʻzbekistonga kelishi kutilmoqda

Pavel Durov Oʻzbekistonga kelishi kutilmoqda
Foto: “Vedomosti”
Telegram asoschisi Pavel Durov yozni Markaziy Osiyoda oʻtkazishini e'lon qildi. Bu haqda u oʻzining Telegram kanalida ma'lum qildi.

Dubayda istiqomat qiluvchi Durov mamlakatda havo harorati keskin isiyotganini aytdi.

\"Doʻstlarim Frantsiyaning janubi kabi zamonaviy joylarga bormoqda. Frantsiya fuqarosi sifatida bu davlatni dam olish uchun eng yaxshi joy ekaniga qoʻshilaman\", — deb yozgan u.

Biroq u Telegram bosh direktori sifatida ta'tilga chiqmasligini qayd etgan.

Buning oʻrniga, foydalanuvchilarimiz bilan noodatiy joylarda uchrashish orqali ish faoliyatimni davom ettiraman. Bu yozda Markaziy Osiyoga tashrif buyurib, u erda hayot qanday kechayotgani, odamlar Telegram’dan qanday foydalanishlarini va ularning raqamli ehtiyojlarini oʻrganishga qaror qildim”, — degan messenjer asoschisi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.