AQSH ISHIDga aloqador uch nafar o‘zbekistonlikni “qora ro‘yxat”ga kiritdi

AQSH ISHIDga aloqador uch nafar o‘zbekistonlikni “qora ro‘yxat”ga kiritdi
Foto: Magnum
AQSH Turkiya bilan hamkorlikda ISHID ekstremistik guruhiga aloqador uch nafar o‘zbekistonlikni “qora ro‘yxat”ga kiritdi. Bu haqda AQSH Davlat departamenti xabar berdi.

Muhammadyusuf Alisher o‘g‘li Mirzoyev 2023 yil o‘rtalarida ISHIDga aloqador “harbiy” o‘quv lagerini tashkil etishda ishtirok etgan.

Muhammad Ibrohimjon Niyozov O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib, ISHIDga aloqador kontrabanda tarmog‘i tarafdoridir. U Turkiyadagi ISHID a’zolariga administrativ va logistik yordam ko‘rsatgan.

Olimxon Maxmudjon o‘g‘li Ismoilov ISHIDga aloqador kontrabanda tarmog‘ining a’zosi hisoblanadi.

Ushbu shaxslarning Qo‘shma Shtatlardagi mulki yoki amerikaliklar nazoratidagi mol-mulklari bloklanadi. AQSH rezidentlariga odatda sanksiyalangan shaxslar bilan biznes qilish taqiqlanadi. Ushbu shaxslar bilan muayyan operatsiyalarni amalga oshiradigan har qanday AQSH yoki chet ellik shaxslar sanksiyalar xavfi ostida bo‘lishi mumkin.

ISHID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.