Turkiya sharqida kuchli portlash ro‘y berdi


Turkiya sharqida joylashgan Van shahri hududida kuchli portlash ro‘y berishi oqibatida kamida 11 kishi jarohatlangan. Bu haqda \"Kun\" xabar qildi.
Portlovchi moddalar o‘rnatilgan avtomobil viloyat hokimiyati binosi yaqinida portlatilgan. Portlash ro‘y bergan hududdagi binolarning derazalari to‘kilib tushgan. Hududdagi \"Adolat va taraqqiyot\" partiyasi binosi ham portlashdan zarar ko‘rgan.
Hozircha portlash uchun javobgarlikni hech qaysi tashkilot zimmasiga olmadi. Lekin bu hudud Kurdiston ishchilar partiyasi faol harakat qiladigan hudud hisoblanadi.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













