Pokistonda bayram ibodati vaqtida portlash yuz berdi


Pokistonning Shikarpur shahrida bayram ibodati vaqtida yuz bergan portlash oqibatida kamida 10 kishi jabrlangan, deyiladi \"Kun\" nashrida. Ulardan 2 nafari polisiyachilar edi.
Dawn nashri ma’lumotiga ko‘ra, hujum 4 nafar xudkush terrorchi tomonidan sodir etilgan. Terrorchilardan biri o‘zini portlashgan, yana bir terrorchi voqea joyidan qochib ketgan.
Ikki terrorchi esa maqsadiga erisha olmagan, polisiya gumondorlardan birini qo‘lga tushirgan, yana bir gumonlanuvchi qochishga uringanida otib tashlangan.
Jabrlanuvchilar yaqin hududda joylashgan shifoxonaga joylashtirilgan.
Mavzuga oid yangiliklar
Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.













