HAMAS AQSHning tinchlik rejasini qabul qildi

HAMAS AQSHning tinchlik rejasini qabul qildi
Foto: Reuters
HAMASdagi o‘z nomini oshkor qilmagan manba Reuters\'ga ma’lum qilishicha, guruh amerikaliklarning asirlarni ozod qilishga asoslangan tinchlik rejasini qabul qilgan. Manbaga ko‘ra, Isroil bilan tinchlik muzokaralari 16 kundan keyin – G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv boshlangach start oladi.

HAMAS Isroilning avvalgi kelishuvni bekor qilgan va Tel-Aviv asirlarni ozod qilish bo‘yicha muzokara boshlanishidan avval o‘t ochishni to‘xtatishini kutgan. Guruh manbasiga ko‘ra, Isroil ham AQSH taklif qilgan rejani qabul qilsa, bu oxir-oqibat urush tugashiga olib keladi.

Reuters\'ning Isroildagi muzokaralarga yaqin manbasi ham tomonlarda urushni tugatish bo‘yicha real shans paydo bo‘lganini aytgan.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.