Turk aktrisasi Hande Erchel 2024 yilning eng chiroyli musulmon ayoli deb topildi

FillGap International sayti joriy yilning eng go‘zal musulmon ayollar ro‘yxatini e’lon qildi, deb yozmoqda “Thegirl.ru”. 2024 yilda birinchi o‘rin turkiyalik maftunkor aktrisa Hande Erchelga nasib etdi.
Turk aktrisasi Hande Erchel 2024 yilning eng chiroyli musulmon ayoli deb topildi
Foto: Instagram
Kumush medalni kuvaytlik go‘zal Ravan ibn Husayn oldi, uchinchi o‘rin sohibi esa Burak O‘zchivitning rafiqasi Fahriye Evjen bo‘ldi.
Turk aktrisasi Hande Erchel 2024 yilning eng chiroyli musulmon ayoli deb topildi
Foto: Thegirl.ru
Turk aktrisasi Hande Erchel 2024 yilning eng chiroyli musulmon ayoli deb topildi
Foto: Instagram
Mazkur reytingdan turk kino yulduzlaridan ko‘plab aktrisalar o‘rin oldi, jumladan, “Muhtasham yuz yil” filmida Xurram obrazi bilan tanilgan Merem Uzerli to‘rtinchi o‘rinni egalladi.
Turk aktrisasi Hande Erchel 2024 yilning eng chiroyli musulmon ayoli deb topildi
Foto: Alamy
Qayd etish lozimki, opa-singil Jiji va Bella Hadidlar ushbu go‘zallik reytingida doim yetakchilikni egallab kelgan. Endilikda mashhur modellar Sulton Sulaymonning sobiq rafiqasiga o‘rin berib, beshinchi va oltinchi pog‘onani egallashdi.
Turk aktrisasi Hande Erchel 2024 yilning eng chiroyli musulmon ayoli deb topildi
Foto: Thegirl.ru
Eronlik aktrisa Bahareh Kian Afshar yettinchi, Bollivud yulduzi Zarina Xon sakkizinchi o‘rinni egalladi.
Turk aktrisasi Hande Erchel 2024 yilning eng chiroyli musulmon ayoli deb topildi
Bahareh Kian Afshar
Turk aktrisasi Hande Erchel 2024 yilning eng chiroyli musulmon ayoli deb topildi
Zarina Xon
To‘qqizinchi o‘rin Shayx Muhammad ibn Rashid al-Maktumning go‘zal qizi — Shayxa Maraga nasib etdi.
Turk aktrisasi Hande Erchel 2024 yilning eng chiroyli musulmon ayoli deb topildi
Foto: Thegirl.ru
Kuchli o‘ntalikning so‘nggi pog‘onasi Bangladeshlik aktrisa Mehjabin Choudxuriga nasib etdi.
Turk aktrisasi Hande Erchel 2024 yilning eng chiroyli musulmon ayoli deb topildi
Foto: Thegirl.ru
Ammo sharq madaniyati muxlislari tomonidan bunday reyting keskin tanqid qilindi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari fikricha, Hande Erchel, Fahriye Evjen va Merem Uzerli kabi turk aktrisalari ushbu ro‘yxatdan o‘rin olishga loyiq emas. Chunki uchala aktrisa plastik jarrohlik xizmatidan foydalanib, yuz ko‘rinishiga bir qancha o‘zgartirishlar kiritgan, garchi ular buni doimo inkor etib kelgan bo‘lsa ham.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.