Zelenskiy og‘ir vaziyat tufayli Rossiya bilan muzokaralar olib borishga ishora qildi

Zelenskiy og‘ir vaziyat tufayli Rossiya bilan muzokaralar olib borishga ishora qildi
© AP Photo / Efrem Lukatsky
Vladimir Zelenskiy ichki va tashqi siyosatdagi katta muammolar tufayli Rossiya bilan muzokaralarga tayyorligini ko‘rsatmoqda, deb yozadi CNN.

Kiyev hozirda ikki tomonlama zarbaga duch kelmoqda: frontdagi og‘ir vaziyat va kelajakda Ukrainaning eng yaqin ittifoqchilari tomonidan qo‘llab-quvvatlanish darajasi bilan bog‘liq siyosiy noaniqlik”, - deyiladi maqolada.

Tahlilchi Orisya Lutsevichga ko‘ra, murakkab vaziyat Vladimir Zelenskiyni Moskva bilan tinchlik muzokaralariga shama qilishga majbur qilmoqda.

Bu ham Rossiyaga, ham Global janubga Ukraina qandaydir obstruktiv kuch emasligidan dalolat beradi. U muzokaralar stoliga o‘tirishga tayyor”, - deya uning so‘zlarini keltiradi CNN.

Avvalroq Zelenskiy Rossiya vakillari Ukraina bo‘yicha ikkinchi tinchlik sammitida ishtirok etishi kerakligini aytgandi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.