“Bunyodkor”ning sobiq bosh murabbiyini Parij Olimpiadasida 500 ming yevroga “uxlatib” ketishdi

“Bunyodkor”ning sobiq bosh murabbiyini Parij Olimpiadasida 500 ming yevroga “uxlatib” ketishdi
2008 yili “Bunyodkor”ga bosh murabbiylik qilgan braziliyalik futbol yulduzi Ziko Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida o‘g‘rilik qurboni bo‘ldi.

Marca nashrining ma’lum qilishicha, Ziko Parijda taksi xizmatidan foydalangan va sumkasini mashinaning orqa o‘rindig‘iga qo‘ygan. Biroq uning buyumlarini o‘marib ketishgan.

O‘g‘rilar olgan sumka ichida Rolex soati, brilliant braslet va 2 ming yevro miqdorida naqd pul bo‘lgan. Ziko umumiy hisobda 500 ming yevro ziyon ko‘rgan.

Zikodan o‘g‘irlangan narsalarni qidirishga politsiya xodimlari jalb etildi.
"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Mavzuga oid yangiliklar

Maʼlumot Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu maqolaga izoh qoldira olmaydi.